Iqtisodiyot | 14:16 / 09.06.2017
23443
1 daqiqa o‘qiladi

Jyek Ma bir kunda qariyb 3 mlrd dollarga boyidi

Alibaba Group asoschisi Jyek Maning davlati bir kunda kompaniyaning sotuvlari o‘sishi bo‘yicha prognozlari fonida 2,8 mlrd. dollarga ko‘paydi. Bu holat Xitoy iqtisodiyotida pasayish kuzatilayotganiga qaramay yuz berdi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Ma – Osiyoning eng boy kishisi va Bloomberg Billionaires Index talqiniga ko‘ra, dunyoning eng badavlat shaxslari ro‘yxatida 14-o‘rindan joy olgan. Agentlik baholashiga ko‘ra, 2017 yilning boshidan uning moliyaviy ahvoli 8,5 mlrd. dollarga ko‘payib, 41,8 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Alibaba Group aksiyalari qiymati esa 13 foizga ortdi. Uning bozordagi qiymati yuqori prognozlar fonida 42 mlrd. dollarga oshdi va 355 mlrd. dollarga yetdi.

Mavzuga oid