Jahon | 14:00 / 11.06.2017
7236
2 daqiqa o‘qiladi

Pens: Parij kelishuvi AQShni 6,5 million ishchi o‘rindan mahrum qilardi

Foto: AP

AQShning iqlimga doir Parij kelishuvidagi ishtiroki mamlakatning 25 yil ichida 6,5 million ishchi o‘rinni yo‘qotishiga olib kelardi. AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Miluoki (Viskonsin shtati)dagi chiqishida shunday bayonot bilan chiqdi. 

Pensning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp mehnatkashlarning manfaatlarini ko‘zlab, mazkur kelishuvdan chiqish to‘g‘risidagi qarorga kelgan.

Pensning izoh berishicha, yo‘qotilgan ishchi o‘rinlarning 3 millioni ishlov berish sanoatiga to‘g‘ri kelardi. Uning fikricha, bu yerda, masalan, Xitoy va Hindiston "deyarli hech narsa yo‘qotmasdi". Pens Amerika prezidentining qaroriga izoh berar ekan, u  "Pittsburgni Parijdan", "Miluokini Milandan yuqori qo‘ygani"ni ta'kidladi. 

AQSh prezidenti Donald Tramp 1 iyun kuni iqlimga doir Parij kelishuvidan chiqishi to‘g‘risida e'lon qildi. Mazkur hujjat 2016 yil imzolangan bo‘lib, unga Rossiya, Germaniya, Hindiston va Xitoy kabi davlatlar kiradi. Kelishuvning asosiy maqsadi - global o‘rtacha haroratni Tselsiy bo‘yicha 2 daraja ko‘rsatkichida ushlab turish. Olimlarning ta'kidlashlaricha, o‘rtacha harorat ko‘rsatkichining bundan-da oshirilishi sayyora ekologiyasiga juda katta tahdidlar tug‘dirishi mumkin.

Mavzuga oid