Daily Mail Qrimni Rossiya hududi sifatida ko‘rsatdi, Kiyev bundan darg‘azab
Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi mahalliy Daily Mail nashri tomonidan e'lon qilingan maqolaga izoh berdi. Unda Qrim Rossiya hududi sifatida ko‘rsatilgan.
Diplomatik vakolatxonadagilarning fikricha, gazeta shu tariqa Rossiya prezidenti Vladimir Putin siyosatini qo‘llab-quvvatlashga uringan.
«Qrim – bu Ukraina. Daily Mail’ning fitna kayfiyatidagi maqolasiga qaramay, bu hech qanday effekt bermaydi hamda janob Putinga o‘z ishqibozlarini ko‘paytirishda yordam ko‘rsatmaydi», - deya ta'kidlanadi elchixonaning tvitterdagi sahifasida.
Avvalroq Britaniyaning Daily Mail nashri Qrimda Ikki jahon urushi vaqtida dengiz minasini portlatish haqidagi matnida yarim orolni Rossiya mintaqasi sifatida ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
10:11
Germaniya Ukrainada halok bo‘lgan 10 fuqarosi haqida ma’lumotga ega
09:31
Yevropa Baydendan ketishidan oldin Ukrainaga yordamni oshirishni so‘ramoqda
17:24 / 14.11.2024
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08 / 14.11.2024