Iqtisodiyot | 18:26 / 13.06.2017
10192
1 daqiqa o‘qiladi

Efir qiymati 400 dollardan oshdi

Ethereum platformasida tashkil etilgan efir kriptovalyutasining qiymati 400 dollardan oshib ketdi. Ikkinchi haftadirki, kapitallashuvi bo‘yicha ikkinchi bo‘lgan kriptovalyuta 60 foizga qimmatlashdi. 

Coin Market Cap ma'lumotlariga ko‘ra, efir kapitallashuvi 40 mlrd dollarga yaqinlashmoqda. 13 iyun holatiga ko‘ra, uning miqdori 36 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bitkoin (Bitcoin)ning barqaror o‘sishi davom etayotganiga qaramay, uning kriptovalyutlar bozoridagi o‘rni qisqarmoqda. Bir hafta avval, efir kapitallashuvi bitkoin kapitallashuvidan 50 foizga ortib ketdi. 

11 iyun kuni bitkoin Coindesk bitkoin birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, tarixda ilk marta 3000 dollarga tenglashdi. 

Umuman, iyun oyining o‘tgan davrida barcha kriptovalyutalarning kapitallashuvi 100 mlrd dollardan oshdi. 

Mavzuga oid