O‘zbekiston | 13:35 / 14.06.2017
29386
1 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta'limi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 12 iyundagi qaroriga ko‘ra, Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.

Turg‘unov 2017 yil fevral oyidan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Mavzuga oid