London sharqidagi 27 qavatli binoda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi
London sharqida joylashgan 27 qavatli turar-joy binosida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar o‘t o‘chirish xizmati tvitterda ma'lum qildi.
Qutqaruvchilar ma'lumotlariga ko‘ra, voqea Kensington tumanining shimolidagi Lancaster West Estate binosida yuz bergan. Yong‘inni o‘chirishga 200 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi tashlangan.
Ma'lum qilinishicha, yong‘in tong otishiga yaqin boshlangan. Politsiya binodan odamlarni evakuatsiya qilmoqda. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, falokat oqibatida kamida ikki kishi jarohat olgan. Ularda tutundan zaharlanish alomatlari qayd qilingan.
Yong‘in suratlari va videolari ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilmoqda. Bu suratlardan binoning anchagina qismi yong‘in bilan qamrab olinganini ko‘rish mumkin.
Yong‘in sabablari hali o‘rnatilmagan.
Mavzuga oid
09:40 / 27.09.2024
London Rossiyaning STG sektoriga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
09:13 / 27.09.2024
Toshkent viloyatida ikkita uy yonib ketdi
22:37 / 17.09.2024
Londondagi Oksford-strit ko‘chasi piyoda uchun mo‘ljallangan hududga aylantiriladi
14:50 / 16.09.2024