Qatarga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin Janubiy Koreya murabbiyi ishdan bo‘shatildi
JCh-2018 saralashining 8-turida Qatarga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin Janubiy Koreya murabbiyi Uli Shtilike iste'foga chiqarildi.
Janubiy Koreya Futbol Assotsiatsiyasi texnik qo‘mitasi raisi Li Yun-Su matbuot anjumanida germaniyalik mutaxassis Uli Shtilike ishdan bo‘shatilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Koreya matbuotiga asoslangan holda Frans Press agentligi xabar tarqatdi.
Ushbu mutaxassis 2014 yilning sentabrida terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangandi, u terma jamoada 2 yilu 9 oy ishladi va 25 g‘alaba, 5 durang hamda 8 mag‘lubiyat qayd etdi. Bu esa 1979 yildan buyon eng yaxshi ko‘rsatkich (Faqat Jang Kyun-Xvanning natijasi bundan yaxshiroq). Murabbiy bilan shartnoma 2018 yilgi jahon chempionatigacha tuzilgandi.
Shtilike terma jamoa bilan Osiyo Kubogi finalida o‘ynadi, ikki marta Sharqiy Osiyo Kubogida g‘olib chiqdi.
Lekin koreyaliklar 2018 yilgi jahon chempionati saralashida Eron, Xitoy va Qatar terma jamoalariga qarshi safar o‘yinlarida yutqazdi, Suriyaga qarshi o‘yinda durang qayd etildi, o‘z maydonidagi o‘yinlarda ham qiyin g‘alabalarga erishdi.
Ayni paytda Janubiy Koreya JCh-2018 saralashining A guruhida 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Qatarga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat koreyaliklar uchinchi o‘rindagi O‘zbekiston terma jamoasidan uzoqlashib ketishiga imkon bermagandi.
Eslatib o‘tamiz, 14 iyun kuni Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Fossati iste'foga chiqqandi.
Mavzuga oid
01:17 / 02.10.2024
Janubiy Koreya KXDRning yer osti bunkerlarini ham yakson etishga qodir eng kuchli raketasini namoyish etdi
14:20 / 27.09.2024
Janubiy Koreyada itlarni go‘shti uchun boqishdan bosh tortgan fermerlarga pul to‘lanadi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
17:21 / 14.09.2024