Qozog‘istonda niqobni taqiqlash va ateistlar huquqini himoya qilishga bel boylandi
Qozog‘iston hukumati jamoat joylarida niqob va paranji kiyishni taqiqlash va ateistlar huquqini himoya qilishga mo‘ljallangan choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu haqda respublikaning Din va fuqarolik jamiyati ishlari vazirligida ma'lum qilindi.
Hozirda idora shunga muvofiq qonun loyihasining matni ustida ishlamoqda. Hukumat voyaga yetmaganlarni noqonuniy ravishda diniy faoliyatga jalb qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, diniy tashkilotlarning moliyaviy shaffoflik darajasini oshirish va ular bilan bog‘liq davlat xizmatchilari ustidan nazoratni kuchaytirishni rejalashtirgan.
Shuningdek hukumat ateistlar huquqi himoyasiga alohida e'tibor qaratish va xorijda diniy ta'lim olish usullarini tartibga solishga alohida e'tibor qaratadi. Bundan tashqari, jamoatchilik joylarida yuzni ko‘rishga to‘sqinlik qiluvchi kiyimlarni kiyishga taqiqlov qo‘ymoqchi.
"Bu ishda asosiy maqsad - mamlakatning xavfsiz kelajagi. Biz uchun odamlar radikal diniy oqimlarning xavf mohiyatini anglashi hamda ular va an'anaviy diniy asoslar o‘rtasidagi farqlarni tushunishi zarur ahamiyatga ega", - deya izoh beradi din va fuqarolik jamiyati ishlari vaziri Nurlan Yermekbayev.
Mavzuga oid
15:30
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024