O‘zbekiston | 00:00 / 16.06.2017
9497
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident: “Dinimiz tarixi bo‘yicha boshlagan ishlarimizni davom ettirishimiz kerak”

Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab vijdon erkinligini ta'minlash masalasiga ustuvor ahamiyat berildi. Jumladan, muqaddas dinimiz, milliy qadriyatlarimizni, buyuk aziz-avliyolarimizning xotirasi, merosini tiklash, qadamjolarini obod qilish bo‘yicha juda ko‘p ish qilindi va qilinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida shu haqda so‘z yuritdi.

"Qiyoslash uchun faqatgina ba'zi bir misollarni keltirmoqchiman, - dedi O‘zbekiston Prezidenti. - Agar sobiq mustabid tuzum davrida yurtimizda 80 ga yaqin masjid faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 2042 tani tashkil etmoqda. 

O‘sha qaramlik yillarida O‘zbekistonda sanoqli kishilargina haj qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi, xolos. Mustaqillik yillarida esa har yili 5 mingdan ziyod yurtdoshimiz haj ziyoratiga borib keladi. Joriy yilda 7200 nafar fuqarolarimiz muborak haj safarini amalga oshirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Buning uchun barchamiz Ollohga shukrona keltirib, siz, muhtaram ulamolar, imom-xatiblar, jamoatchilik vakillari bilan birga dinimiz tarixi, buyuk allomalar va aziz-avliyolarimiz merosini o‘rganish va targ‘ib etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni davom ettirishimiz kerak".

Mavzuga oid