Jahon | 22:36 / 18.06.2017
9123
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiya iqtisodiyoti haqida fikr bildirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turk iqtisodiyotining "eng og‘ir kunlari ortda qolgani"ni aytdi. Hurriyet shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi. 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyotida, shu jumladan mamlakat eksporti va uning ichidagi jarayonlarda yaxshi tomonga o‘zgarishlar ro‘y bergan.

"Turkiya eksporti eksportchilarimizning ajoyib yutuqlari ortidan besh oy ichida o‘tgan yilga nisbatan 8,9 foizga o‘sdi", - deya ta'kidladi turk rahbari. 

Shuningdek Erdo‘g‘an so‘nggi besh chorakda asta-sekin pasayib borgan eksport yana Turkiya YaIM o‘sishining "motor"iga aylanganini qo‘shimcha qildi. 

"Ishonamanki, biz eng og‘ir kunlarni ortda qoldirdik. Biz barcha sohalarda barqaror o‘sishni namoyish qilyapmiz", - dedi prezident. 

Bundan tashqari, Turkiya prezidenti joriy yilning fevralidan boshlab mamlakatda 1,2 million yangi ishchi o‘rni yaratilgani haqida ma'lum qildi.

Mavzuga oid