Jamiyat | 17:29 / 18.06.2017
8898
2 daqiqa o‘qiladi

Londonda 70-yillarda qurilgan barcha ko‘p qavatli uylar buzilishi mumkin

Foto: RIA Novosti

London meri Sodiq Xon 1974 yilda qurilgan ijtimoiy turar-joydagi fojiaviy yong‘indan keyin hukumat o‘tgan yuz yillikning 60-70-yillarida qurilgan baland binolarning buzilishi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkinligini ma'lum qildi. 

"Bu foijianing dahshatli asoratlari oxir-oqibat shaharlarimizning me'moriy qiyofasiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Urushdan keyin, mamlakatni tiklashga shoshilib, ko‘plab baland binolar qurib tashlangan, ularning aksariyati bugunga qadar saqlanib qolgan. Bugun biz 1970-yillar standartlari bo‘yicha qurilgan bunday binolar qurilishi haqida o‘ylamas ham edik, biroq ularda yashovchi aholi hali-hanuz shu "meros" bilan yashashga majbur. Bu fojia 1960- va 1970-yillarda xato qurilgan uylarning ketma-ket buzilishi bilan tugaydi. Albatta, bu odamlar o‘zlari yashab o‘rgangan hududlarga joylashtirilishini ko‘zda tutadi", - deb yozadi mer yakshanba kuni Observer gazetasiga bergan intervyusida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya hukumati yong‘in sodir bo‘lgan uyga o‘xshash baland binolar ro‘yxatini tuzish haqida qaror qabul qilgan. "Hozir ularning attestatsiyasini o‘tkazish kerak va zarurat tug‘ilganda ularni xavfsizlantirish kerak", - deya ta'kidladi shahar rahbari. 

Chorshanba kunga o‘tar kechasi Londonning Shimoliy Kensington tumanidagi 24 qavatli turar-joyda yong‘in sodir bo‘ldi. Kamida 30 kishi halok bo‘ldi (ba'zi OAVda 70 kishi deya xabar berilmoqda), 24 nafar jabrlanuvchi - shifoxonalarda, ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda. O‘t o‘chiruvchilarning ma'lum qilishicha, yong‘in natijasida 120 ga yaqin oila jabrlangan. London politsiyasi vakili Styuart Kandining aytishicha, izsiz yo‘qolganlar soni 58 kishini tashkil qilmoqda. 

Mavzuga oid