Light | 09:52 / 20.06.2017
37429
10 daqiqa o‘qiladi

Me'morlar tanlovi: Dunyoning eng ko‘rkam 22 binosi (fotojamlanma)

Nafaqat tasviriy san'at namunalari va haykallar, balki binolarni ham san'at asari deb atash mumkin. InsiderPro me'morlar tanloviga ko‘ra eng ko‘rkam va ajoyib 22 bino surati bilan bo‘lishdi.

 

Afinadagi Parfenon, Gretsiya

"Bu - me'moriy go‘zallik kvint­es­sen­tsiyasi. Dorik order, katta masofadan tikka ko‘rinadigan entazis (ustunlarning biroz qiyshiqligi)dan foydalanish... binoning tepalikda joylashuvi - bularning bari me'morchilik asoslariga aylandi. Biz ulardan bugunga qadar foydalanamiz va uni yanada takomillashtirishga harakat qilamiz".

Tara Imani, Tara Imani Designs firmasi asoschisi

 

Braziliya milliy kongressi, Brazilia

"1974 yilda mening olim otam bizni Braziliyaning yangi poytaxtiga olib bordi. O‘shanda u ko‘plab me'morchilik shaydolarining fikru xayolini egallab olgandi. Le Korbyuze uslubidagi dahalar qush shaklida loyihalashtirilgan edi. Turar-joylar "qanotlar"da joylashgandi. Asosiy "tana"sida elchixonalar, hukumat idoralari, madaniy va diniy muassasalar o‘rin olgandi".

Juliya Donoxo, bosh muhandis va Equinox Design and Development kompaniyasi loyihalari rahbari

 

San-Paulu san'at muzeyi, Braziliya

"Juda dadil dizayn. Muzey 1968 yilda loyihalashtirilgan va beton hamda shishadan qurilgan. Bino ikki tomondagi ustunlargagina tayangan. Loyihani me'mor-ayol ishlab chiqqani menga xush yoqdi".

Da­ma­ris Xol­ling­svort, DLR Group kompaniyasi loyihalari rahbari

 

Pekindagi taqiqlangan shahar ibodatxonasi, Xitoy

"Dizayn o‘lchamlari, mustahkamligi, komleks tuzilishi va bir vaqtning o‘zida oddiy shakllari bilan hayratga soladi. Mening bobom me'morchilik kelgusi avlodga xabarchi sifatida xizmat qiladi, deb aytgan. Bu butun boshli sivilizatsiyaning madaniy kapsulasidir".

Roza Shen, Bohlin Cywinski Jackson firmasining katta me'mori

 

Florida Politexnika universiteti qoshidagi Innovatsiyalar, ilm-fan va texnologiyalar markazi, AQSh

"Men Santya­go Ka­la­tra­vada ishlab, universitet shaharchasi loyihasini ishlab chiqaruvchilar jamoasiga qo‘shildim. Men Innovatsiyalar, ilm-fan va texnologiyalar markazining nafaqat betakror me'morchiligiga maftun bo‘ldim, balki bu maskan va Leyklend aholisi bilan qandaydir bog‘liqlikni his qildim -  bu yerda mening otam ulg‘ayib o‘sgan, shu bois men ota-onamni ko‘rish uchun tez-tez kelib turaman".

Ma­ri­ka Mak­Kil, Studio MM rahbari

 

Xubertusning Amsterdamdagi uyi, Niderlandiya

"Bino yolg‘iz onalarni qabul qilib, ularni muhofaza qilgan muassasa uchun biroz kattaroq va rang-barang ko‘rinishga ega. Bu - po‘lat, shisha va betondan bunyod qilingan modernistlar loyihasi. Shunday bo‘lsa-da, unda an'naviy qo‘shni binolarga hurmat belgilari ham ko‘zga tashlanadi".

Renji Doych, Deutsch Insights kompaniyasi rahbari va Illinoys Universiteti professori

 

Nyu-Yorkdagi Empayr-Steyt-Bilding, AQSh

"Men olti yoshimdan me'mor bo‘lishni orzu qilganman - bunga qisman shu bino sababchidir. Ota-onamiz bizni mashinaga o‘tkazib, River-roud hamda Sharqiy bulvar bo‘ylab sayr qildirishardi va biz Manxetten manzarasidan zavq olardik. Antenna shaharning millionlab aholisi uchun qabulni yaxshilab, binoning qadrini yanada oshirdi".

Ui­lyam Mar­tin, WJM Architect studiyasi asoschisi

 

Niteroydagi Zamonaviy san'at muzeyi, Braziliya

"Suv ustida joylashgan muzeyga yaxshilab nazar solinsa, yaqin orada o‘suvchi gullarga hamohanglik seziladi. Muzeyga ajoyib pushti yo‘lak orqali kirib boriladi. Hoynahoy, bu binoga olib boruvchi eng go‘zal yo‘lak bo‘lsa kerak: oddiy va nafis..."

Piter Eksli, Chikago San'at instituti professori va "Me'morchilik - bu qiziq" loyihasi asoschisi

 

Osakadagi Yorug‘lik cherkovi, Yaponiya

"Tadao Ando oddiy va keng shakllarni go‘yoki kun davomida raqs tushayotgan chiroq o‘yini bilan uyg‘unlashtiruvchi betakror binoni yarata olgan. Ochiq kenglik o‘rtasidagi cherkov insonda noyob, sehrli hissiyotlarni uyg‘otadi".

Frenk Kunya III, FC3 Architecture + Design kompaniyasining bosh direktori va yetakchi me'mori

 

Sharqiy Angliyadagi Ishbilarmonlik markazi, Noridj, Buyuk Britaniya

"Markaz ajoyib me'morchilik va organik dizayn namunasi hisoblanadi. U o‘z davrida tasavvur chegaralarini kengaytirishga uringan binolar orasida joylashgan".

Ben Adam-Smit, House Planning Help kompaniyasi asoschisi

 

Barselonadagi Kasa-Mila, Ispaniya

"Kasa-Mila chiziqlar jo‘shqinligi, ertaknamo ko‘rinishi bilan kishilarni hayratga soladi. Bu turar-joy o‘z xususiyatlariga ko‘ra noyob hisoblanadi".

Klark Manus, Heller Manus Architects bosh direktori va Amerika me'morlar institutining sobiq prezidenti

 

Fort-Uertdagi Kimbella badiiy muzeyi, AQSh

"1974 yilda qurilgan bu muzey badiiy galereyalarning tabiiy yoritilishi konsepsiyasini oldindan belgilab bergan. U modernistik uslubning yorqin namunasi hisoblanadi".

Bob Bor­son, Malone Maxwell Borson Architects'ning yetakchi me'mori

 

Mill-Ran sharsharasi uzra qad ko‘targan uy, AQSh

"O‘rmon yuragiga ko‘chirilgan sof modernistik shakllar. Men bu binoni deyarli hech qachon suratlarda ko‘rinmaydigan bir jihati uchun yaxshi ko‘rib qolganman. Bu - uyga elituvchi yo‘lak. Siz qalin o‘rmondagi tor qishloq yo‘li bo‘ylab uzoq yurasiz - va nihoyat, ko‘z o‘ngingizda ajoyib uy paydo bo‘ladi".

Bryus Ter­ner, mustaqil me'mor, Nyu-Jyer­si

 

Filadelfiyadagi Barns fondi muzeyi, AQSh

"Bu ancha mashhur va ehtimol, juda ko‘p ziyorat qilingan joylardan biri. Shunday bo‘lsa-da, binoni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rganingizda hayrat hissi qamrab oladi".

Li Ka­li­sti, Calisti Architecture and Design asoschisi

 

Ronshandagi Notr-Dam-dyu-O, Fransiya

"Bino dadil, novatorlik dizayni bilan ajralib turadi. U o‘tmishdan minnatdor bo‘lib, kelajakka boqayotgandek tasavvur uyg‘otadi".

Jo­na­tan Braun, JHP Architecture/Urban Design byurosi katta xodimi

 

Muqaddas Jyeneveva kutubxonasi, Fransiya

"1850 yilda bunyod etilgan kutubxona me'morchilikning  haqiqiy gavhari. Kulrang toshdan qad ko‘targan klassik devorlar keng o‘quv zalini ko‘zdan yashiradi"

Ja­red Banks, Shoegnome Architects kompaniyasi me'mori

 

Jonas Solkning La-Xolyadagi Biologik tadqiqotlar instituti, AQSh

"Solk instituti tadqiqotlar va olimlarni ilhomlantirib, kenglikni ilohiy tarzda birlashtirib turadi".

Klark Manus, Heller Manus Architects bosh direktori va Amerika me'morlar institutining sobiq prezidenti

 

Los-Anjyelesdagi Shits-Goldsteyn qarorgohi, AQSh

"Ko‘pchilikka "Katta Lebovski" filmi orqali tanilgan bu bino o‘zining misli ko‘rilmagan shakllari bilan tasavvur olamimizni hayratga soladi".

Evan Trok­sel, HMC Architects kompaniyasi loyihalarining katta dizayneri va Archispeak podkastlari boshlovchisi

 

Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi aeroportining TWA terminali, AQSh

"TWA terminali kompyuterlar davriga qadar loyihalashtirilgan va o‘z vaqtidan ancha ilgarilab ketgan. Muallif beton va shisha yordamida havo sayohatlari taassurotlari va romantikasini yetkazib bera olgan. Har tomondan, har bir burchakdan qandaydir yangi, noyob jihat ochiladi. Qurilishdan hatto o‘n yil keyin ham bino avvalgidek uzoq kelajakdan kelgan mehmondek tuyuladi".

Jo­zef Devid, Nyu-jyer­silik me'mor

 

Kapridagi Malaparte villasi, Italiya

"Me'morchilikning mohiyati atrofdagi kenglik bilan aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. Malaparte villasi dizayni - tabiat va me'morchilikning betakror uyg‘unligi. U bu maskan ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turadi".

Yurgen van der Ploug, Faro Architecture studiyasi hammuassisi

 

Kembrijdagi Massachusets texnologiya instituti kapellasi, AQSh

"Men o‘z me'morchilik kareramning boshida birinchi marta kapella bilan  tanishganman. Ammo uni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rgachgina me'morchilik qanday bo‘lishi mumkinligini anglab yetganman. O‘lchamlar, materiallar, yorug‘lik qurilish ruhiyatiga kirib borishga yordam beradi. Shu lahzadan men me'morchilikning mohiyati nimada ekanini tushuna boshlaganman".

Laura Tomas, Melville Thomas Architects prezidenti va bosh mutaxassis

 

Londondagi Lloyd's binosi, Buyuk Britaniya

"Bu me'morchilikdagi yuqori texnologik uslubning eng yaqqol va murakkab vakili. Binoning butun tuzilmasi - zinalar, liftlar, dekor bezaklari uning ustida. Uy qo‘shni tarixiy binoga qarama-qarshi - vertikal joylashgan ulkan harakatchiga o‘xshaydi. Menga uning me'moriy ochiqligi yoqadi"

Jyef­f­ri Ro­berts, Sera Architects byurosi me'mori

Mavzuga oid