Light | 00:17 / 21.06.2017
198774
4 daqiqa o‘qiladi

Qon bosimini tushirishning xalqona usullari

Foto: Getty Images

Yuqori qon bosimi - tashvishlanish uchun jiddiy sabab. Biroq bundan xafa bo‘lib, depressiyaga tushishning hojati yo‘q, chunki bu bilan ahvolingizni yomonlashtirganingiz qoladi, xolos. Bugunga kelib, ko‘plab kasalliklarning davosi mavjud, faqatgina mutaxassisga o‘z vaqtida murojaat qilinsa bas. Shunda kasallikning rivojini boshlang‘ich bosqichdayoq to‘xtatish mumkin bo‘ladi. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida xabar berdi. 

Shifokorlar qon bosimini tushirishda xalqona usullardan foydalanishni taqiqlashmaydi, biroq davolovchi kardiolog va terapevt bilan maslahatlashish ortiqcha bo‘lmaydi - davolash jarayonlari shifokor nazorati ostida o‘tishi lozim. 

Qon bosimini tushiruvchi xalqona usullar

Arterial qon bosimini normallashtirish uchun ikki hafta davomida yangi siqilgan qora mevali ryabina sharbati (25 g)ni ichish yoki kuniga 10 dona mevasini iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Qon bosimini tushirishning ko‘p xalqona usullari bor.

Qon bosimini tushirish uchun sarimsoqli damlamani qabul qilish mumkin. Uni tayyorlash uchun 2 bosh sarimsoqni maydalab, ustidan suv quyish kerak (250 ml). Shundan so‘ng 12 kunga tindirishga qo‘yiladi. Damlamani kuniga uch marta ovqatdan 15 daqiqa oldin 20 tomchidan qabul qilish kerak. Davolash kursi - 3 hafta.

Qon bosimini tushiruvchi mevalar haqida gap ketganda xurmo haqida unutmaslik kerak. Arterial qon bosimini tushirish uchun har kuni 3 stakan yangi siqilgan xurmo  sharbatini ichish kerak.

Bundan tashqari, gipertoniyani chernika damlamasi bilan ham davolash mumkin. Uni tayyorlash uchun 4 katta qoshiq quritilgan chernika ustidan 1 stakan qaynagan suv quyiladi va 8 soat tindiriladi. Tayyor damlamadan har kuni 1 stakandan ichish kerak bo‘ladi. 

Gipertoniyaning o‘tkir ko‘rinishi, arterial qon bosimining keskin ko‘tarilishida tovonlarga uksusga botirilgan kichik bint bo‘laklarini qo‘yish tavsiya etiladi. Qon bosimi tushishi bilan bintlarni olib tashlash kerak, aks holda qon bosimi me'yordan pasayib ketishi mumkin. Bu - qon bosimini tushirishning favqulodda usuli. 

Kompleks choralar

Qon bosimini tushiruvchi xalqona usullar talaygina, ularning har biri muayyan darajada samara beradi. Biroq davolash usullari yaxshi natija berishi uchun bir necha muhim qoidalarga amal qilish kerak bo‘ladi.

Birinchidan, agar sizda ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, uni normallashtirishning ayni vaqti. 

Ikkinchidan, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, choy va qahva iste'molidan butkul voz keching.

Uchinchidan, muntazam ravishda jismoniy mashqlarni bajarib turing. Agar yarim soatdan ochiq havoda mashq qilsangiz, yanada yaxshi. 

To‘rtinchidan, tuz va hayvon yog‘lari iste'molini imkon qadar kamaytiring.

Va, albatta, organizmingizdagi o‘zgarishlarni nazorat qilish va ularni tartibga solish, o‘z vaqtida dori preparatlarini qabul qilish uchun muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tish tavsiya qilinadi.

Mavzuga oid