O‘zbekistonda elchixona va xalqaro tashkilotlarning Yo‘l xaritalari ishlab chiqilmoqda
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan elchixonalar va ko‘p tarmoqli xalqaro tashkilotlar faoliyati bo‘yicha Yo‘l xaritalari ishlab chiqilmoqda. Bu haqida Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Xalqaro Press-klubning ko‘p tomonlama aloqalarga doir yig‘ilishida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ko‘p tomonlama diplomatiya - ustuvor, chunki hozirgi globallashuv davri shuni taqozo qilmoqda.
"Hozirda Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan har bir elchixona faoliyatining yo‘l xaritasi ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, BMT kabi keng tarmoqli tashkilotlarning faoliyati bo‘yicha ham yo‘l xaritalari ishlab chiqiladi.
Yo‘l xaritlalariga yuzaki yondashuv bo‘lmaydi, uni mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqish, uning dastlabki eshituvini tashkil qilish va rasmiy tasdiqlash jarayonidan o‘tish kerak bo‘ladi. Yangilangan tashqi siyosatning muhim belgilaridan biri ham shu", - deydi Safoyev.
Hozirda yangilangan tashqi siyosat doirasida barcha mamlakatlar bilan tezkor aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda. Safoyev barcha mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy-gumanitar, xavfsizlik va ekologiya kabi masalalarda hamkorlik aloqalari davom ettirilishini ta'kidladi va bu xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baholanayotganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
17:50 / 30.10.2024
2025 yil uchun davlat budjeti: qaysi tashkilotga qancha pul ajratiladi?
13:31 / 29.05.2023
Fotojamlanma: Toshkentda elchixonalar ishtirokida xayriya festivali o‘tkazildi
16:40 / 11.11.2018
O‘zbekistondagi ayollar tashkilotlari haqida nimalarni bilasiz?
21:42 / 20.08.2018