Quyosh tizimida ikkinchi Mars bor ekani taxmin qilindi
Arizona universitetilik astronomlar Quyosh tizimida hajmi bo‘yicha Mars bilan teng bo‘lgan o‘ninchi sayyora bor ekanini istisno etishmadi. Tadqiqot The Astronomical Journal’da e'lon qilishga yuborilgan, deb xabar bermoqda New Scientist.
Marsga o‘xshash sayyora Koyper belbog‘i – Neptun orbitasidan ortda joylashgan va ko‘plab muzli osmon jismlariga ega Quyosh tizimining qismida joylashgan.
Olimlar tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘ninchi sayyora Quyoshdan taxminan 50 astronomiya birligi uzoqlikda joylashgan bo‘lishi mumkin, uning orbitasi esa ekliptika yuzasiga sakkiz darajada engashgan. Osmon jismi Koyper belbog‘idagi ma'lum obektlarga ta'sir ko‘rsatadi hamda aftidan, qadimda Quyoshga yaqin yerda bo‘lgan.
Ayni damda Quyosh tizimida rasman sakkizta sayyora bor: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun. 2016 yilning yanvarida amerikalik olimlar to‘qqizinchi sayyora bor ekani haqida dalillarni topishdi, u Neptunni eslatib yuboradi, biroq Quyoshdan 600-1200 astronomiya birligi uzoqlikda joylashgan.
Mavzuga oid
00:49 / 12.09.2024
Xitoy 2028 yilga borib Marsga tarixiy missiyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda
18:16 / 08.09.2024
Mask to‘rt yildan keyin odamlar Marsga uchishini e’lon qildi
11:12 / 27.08.2024
Sayyoralar paradi: navbatdagi tomosha 28 avgust kuni bo‘lib o‘tadi
10:52 / 24.08.2024