Google'da bo‘sh ish o‘rinlarini izlash funksiyasi ishga tushdi
Google kompaniyasi qidiruv satriga kerakli vakansiya nomini yozib, bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash funksiyasini joriy qildi. So‘rov berilgandan so‘ng qidiruv xizmati LinkedIn, Facebook, Monster, CareerBuilder, WayUp va DirectEmployers kabi taniqli maydonlardan foydalanuvchi uchun ish izlashga tushadi.
Yangi servis hozircha faqat AQSh hududida ishlamoqda, biroq Google xodimlari qidiruv ko‘lamini kengaytirishni rejalashtirishgan. Shuningdek korporatsiyada qidiruv xizmati rekruting agentliklari bilan raqobatga kirishmoqchi emasligi, aksincha ish beruvchilarga qidiruv xizmatida to‘g‘ridan to‘g‘ri vakansiyalarni taklif qilishga imkon yaratayotgani ta'kidlangan.
Vakansiyalar qidiruv xizmatiga e'lon berish sanasiga qarab qo‘shib boriladi, tizim turkumlar, bandlik turi va mutaxassisliklar bo‘yicha filtrlar bilan ishlaydi.
Mavzuga oid
22:19 / 14.11.2024
Googleʼning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi
15:53 / 07.11.2024
Yaponiya va Polshaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
23:48 / 06.11.2024
Android 16 operatsion tizimi har doimgidan ertaroq chiqariladi
22:10 / 03.11.2024