Yaponiyaning Takata kompaniyasi bankrot bo‘ldi
Yaponiyaning Takata kompaniyasi bankrot ekanini tan olish borasida murojaat yubordi. U xavfsizlik yostiqchalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, deb xabar bermoqda Nikkei.
Ma'lum bo‘lishicha, kompaniyaning bankrot ekani haqidagi ariza Tokio tuman sudiga berilgan.
Takata bosh ijrochi direktori Takata Shigexisa. Foto: Reuters
Aniqlik kiritilishicha, Takata Amerikaning Key Safety Systems avtomobillarga ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchisi bilan moliyaviy ko‘mak haqida muzokaralar o‘tkazgan. Amerika kompaniyasi Takata’dagi katta ulushni qo‘lga kiritgan.
Yaponiya kompaniyasidan ma'lum qilishlaricha, kelishuvdan tushgan pul nosoz mahsulotlardan jabrlanganlarga tovon puli to‘lashga sarflanadi.
O‘tgan yili AQShda barcha Tesla, Ferrari va McLaren’lar Takata xavfsizlik yostiqchalari bilan bog‘liq muammolar sabab qaytarib olinayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024