Jamiyat | 22:39 / 27.06.2017
10400
1 daqiqa o‘qiladi
Niderlandiyaga tushgan meteorit Quyosh tizimiga tengdosh bo‘lib chiqdi
Joriy yilning boshida Niderlandiyadagi Shimoliy Hollandiya provinsiyasiga 500 grammli meteorit tushgan edi. Meteorit tushgan uy egalari toshni Leyden shahridagi Tabiiy fanlar muzeyiga topshirishdi va u yerda meteoritning yoshi 4,5 milliardda ekani aniqlandi. Dutch News shu haqida ma'lum qildi.
Olimlarning ma'lumotlariga ko‘ra, meteorit oltinchi turdagi xondrit, ya'ni Quyosh tizimi tengdoshi hisoblanadi.
"U Mars va Yupiter orasidagi kosmik chiqindi va kichik sayyoralar ko‘p bo‘lgan kenglikdan bo‘lib, u yerdan ko‘plab meteoritlar uchib tushadi", - dedi geolog Leo Krigsman.
Hozirda obekt vaqtinchalik muzey tasarrufida, uning narxi ming yevroga baholanmoqda.
Mavzuga oid
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
00:11 / 12.11.2024
Niderlandiya 9 dekabrdan chegara nazoratini joriy etadi
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
20:41 / 08.10.2024