Jamiyat | 12:05 / 01.07.2017
6801
1 daqiqa o‘qiladi

Maykl Jyeksonning otasi avtohalokatga uchrab, shifoxonaga tushdi

Foto: AFP 2017 / LOIC VENANCE

Marhum musiqachi Maykl Jyeksonning otasi, 88 yoshni to‘ldirgan Jo Jyekson Las-Vegasda avtohalokatga uchrab, shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Assoshieyted Press agentligi.

Agentlikning tarqatgan ma'lumotlariga ko‘ra, Jo Jyekson mingan avtomobil boshqasiga borib urilganida u yo‘lovchi o‘rindig‘ida bo‘lgan. Politsiyaining so‘zlariga ko‘ra, narigi avtomobil yo‘l harakat qoidalarini buzgan.

2009 yil 25 iyunda yuragining to‘satdan urmay qolishi 50 yoshli Maykl Jyeksonning o‘limiga sabab bo‘lgan edi. U Londonda beriladigan 50 ta konsertdan iborat seriyaga tayyorgarlik ko‘rish doirasida kuchli ta'sir etuvchi preparatlarni haddan ziyod iste'mol qilib yuborganligi tufayli vafot etgan. Oradan ikki oydan ham ziyod vaqt o‘tgach — 3 sentabrda artist Los-Anjyelesda dafn etilgan edi.

Mavzuga oid