Fan-texnika | 10:53 / 01.07.2017
6443
3 daqiqa o‘qiladi

“Odnoklassniki” brauzer orqali translyatsiyani ishga tushirdi

“Odnoklassniki” qo‘shimcha dasturlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterdan translyatsiyani amalga oshirish imkonini taqdim etdi. Efir noutbuk yoki kompyuter veb-kamerasidan uzatiladi. Brauzerdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish imkonini Rossiyaning ijtimoiy tarmoqlari orasida “Odnoklassniki” birinchi bo‘lib yo‘lga qo‘ydi.

Jonli efirni boshlash uchun foydalanuvchi Video > Efir > Veb-kamera bo‘limiga kirishi kerak.  Ayrimlari foydalanuvchilar esa OKning asosiy sahifasida jonli efirni ishga tushirish uchun maxsus o‘rnatilgan tugmadan foydalanishni boshladilar. Shundan so‘ng efir nomini, uning ta'rifini kiritishingiz, unga muqova tanlashingiz va efirni boshlashingiz mumkin bo‘ladi. Efir paytida uning egasi chat orqali tamoshabinlar bilan suhbatlashishi, “klass”lar va izohlar olishi mumkin bo‘ladi. Brauzer orqali olib borilayotgan jonli efirlar do‘stlaringiz va obunachilaringiz tasmasida, ok.ru/live strimlari xaritasida, eng mashhurlari esa OK Live strimlari topiga chiqadi. Video ishlovdan so‘ng foydalanuvchining akkauntida saqlab qolinadi.

Hozircha foydalanuvchilar uchun faqatgina noutbukka yoki kompyuterga o‘rnatilgan yoki tashqi veb-kamera orqali suratga olish imkoniyati mavjud. Ekranlardan o‘yin yoki ilovalardan jonli efir olib berish esa qo‘shimcha dasturlar orqali amalga oshiriladi va Video > Efir > Ilova bo‘limida sozlanadi.

Jonli efirlar “Odnoklassniki”da 2015 yilda paydo bo‘lgan. So‘nggi yarim yilda jonli efirlarni tomosha qilish o‘n baroborga o‘sgan. Bunga smartfondan jonli efir olib borish imkonini beruvchi OK Live ilovasi tufayli erishildi. Bugungi kunga kelib foydalanuvchilar, brendlar va ijtimoiy tarmoq hamkorlari tomonidan ishga tushiriluvchi jonli efirlar sutkasiga 20 million tomoshagacha yetmoqda. Translyatsiya qizg‘in paytlarda esa uni bir vaqtda 1 mln tomoshabin kuzatadi.

Mavzuga oid