Jahon | 21:39 / 02.07.2017
37288
2 daqiqa o‘qiladi

32 yildan beri qidiruvda bo‘lgan narkobaron qo‘lga olindi

Braziliya politsiyasi Oq kalla laqabli narkobaron Luis Karlos da Roshni qo‘lga oldi. Bu haqida Ispaniyaning El Pais gazetasi Braziliya politsiyasi ma'lumotiga asoslanib xabar berdi. 

Luis Karlos da Rosh shanba kuni ertalab politsiyaning «Spektr» operatsiyasi natijasida qo‘lga olindi. Ma'lum qilinishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari ikki haftadan ziyod uyni kuzatib, narkobaronning paydo bo‘lishini poylab, ikki haftani pistirmada o‘tkazishgan. 

Qo‘lga olish chog‘ida uning yonidan qurol, 2 million dollar pul va boshqa shaxs nomiga hujjatlar topilgan.

Luis Karlos da Rosh Lotin Amerikasining eng uzoq qidirilayotgan narkobaronlaridan biri hisoblangan. U 32 yil davomida politsiyadan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. Buning uchun u hatto plastik operatsiya ham qildirgan.

U Peru, Meksika va Kolumbiyadan samolyot orqali Braziliyaga yo‘llagan hamda mamlakatdagi ikki eng yirik guruhni ular bilan ta'minlagan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Oq kallaning moliyaviy ahvoli 100 million dollarga baholanadi.

U 50 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Mavzuga oid