Kreml Putinning Tramp bilan ilk uchrashuvi sanasiga aniqlik kiritdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 7 iyul kuni — Hamburgdagi «Katta yigirmatalik» sammitining birinchi kunida uchrashadi. Bu haqda Rossiya rahbari yordamchisi Yuriy Ushakovga asoslangan holda RIA Novosti xabar tarqatdi.
«Aniq bo‘ldi, yettinchida [iyul]», — degan Kreml vakili jurnalistlarga. U muzokaralar qanday formatda o‘tishiga aniqlik kiritmadi.
3 iyul kuni Ushakov ikki davlat rahbarlari uchrashuvda Ukrainadagi inqiroz, Suriyadagi vaziyatni izga tushirish va qurollanishni nazorat qilish masalalarini muhokama qilishi haqida xabar bergandi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ikki davlat rahbari «oyoqda» emas, alohida tartibda o‘tkazilishini ma'lum qildi.
Bu Putin va Trampning ilk uchrashuvi bo‘lishi kutilmoqda. Ular shu yil boshidan buyon 3 marta telefon orqali suhbat o‘tkazishgan.
G20 sammiti Hamburgda 7—8 iyul kunlarida o‘tkaziladi. Sammit doirasida Putin Fransiya, Meksika, JAR, Janubiy Koreya va Turkiya prezidentlari, shuningdek, Yaponiya bosh vaziri bilan ham uchrashadi.
Mavzuga oid
08:50 / 01.10.2024
Putin RF Xavfsizlik kengashi tarkibini 35 kishigacha kengaytirdi
23:50 / 30.09.2024
Putin va uning administratsiyasi xarajatlari 25 foizga oshadi
09:10 / 30.09.2024
Tramp migrantlar «mushuk yeyishi» haqidagi yolg‘oni uchun sudga berildi
10:30 / 28.09.2024