Iqtisodiyot | 17:49 / 06.07.2017
9579
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zagroeksportbank»ka litsenziya berildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan «O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Yangi bankning ustav kapitali 10 mln yevro ekvivalentida shakllantirildi. Banking asosiy aksiyadorlari – O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (75%), «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi (10%), «O‘zagrosug‘urta» AJ (5%), «Kafolat SK» AJ (5%) va «O‘zbekinvestxolding» XK (5%) dir.

«O‘zagroeksportbank» ATB o‘zining ustuvor yo‘nalishini mamlakatimizning agrosanoat sohasini, birinchi navbatda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish, uning zarur infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va eksport salohiyatini oshirish, mijozlarga agrosanoat, birinchi navbatda meva-sabzavot mahsulotlarini xorijiy banklar, moliyaviy institutlar, diplomatik va savdo vakolatxonlari bilan hamkorlikda xalqaro bozorlarga olib chiqish borasida strategik dasturlar ishlab chiqishga qaratadi.

Mavzuga oid