G20 sammitining 2019 yilgi mezboni ma'lum bo‘ldi
"Katta yigirmalik" mamlakatlarining 2019 yilgi sammiti birinchi marta Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. Bu joriy sammitning yakuniy hujjatida aks ettiriladi, deb xabar qilmoqda NHK telekompaniyasi.
2019 yilgi sammitni birinchi marta Yaponiyada o‘tkazishga qaror qilindi. Forumning yakuniy bayonotida kelgusi yillarda sammitga mezbonlik qiladigan mamlakatlar ro‘yxati e'lon qilinadi. Uni Germaniya kansleri Angela Merkel matbuot anjumanida o‘qib beradi. 2020 yilgi anjuman Saudiya Arabistonida tashkil etiladi. Telekanalning xabar qilishicha, ushbu masala davlatlar yetakchilarining muhokamasiga mavzu bo‘lgan.
"Yigirmatalik"ning 2019 yilgi sammitini Osiyoda o‘tkazishga qaror qilingan. Dastlab, bu huquq uchun Hindiston ham kurash olib borgan, biroq keyinchalik Yaponiyani qo‘llab-quvvatlagan.
"Katta yigirmalik" mamlakatlarining kelgusi yildagi sammitini Argentina qabul qiladi.
Mavzuga oid
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024
Yaponiya Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli kemada yong‘in chiqdi
20:03 / 08.11.2024