Jahon | 21:40 / 11.07.2017
10419
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tanqid qilinishdan himoyalandi

Pekin Twitter’ning Xitoydagi muqobili Sina Weibo mikrobloglar xizmatining ommaviy xabarlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi barcha eslatmalarga kirishni to‘sib qo‘ydi va shu tariqa Putinni jamoatchilik tanqididan himoya bilan ta’minladi, deb yozmoqda The Financial Times nashri.

"Senzura o‘tgan dam olish kunlari, AQSh prezidenti Donald Tramp Putin bilan Germaniyada G20 sammitida uchrashgandan keyin kiritilgan. U Xitoy-Rossiya munosabatlarining hozirgi oltin davrini ifodalaydi", deb yozmoqda maqola muallifi Sherri Fey Tszyuy.

Xitoy yetakchisi Si Tszinpin joriy oyda Moskvaga tashrif buyurib, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tarixidagi "eng yaxshi" davr kelganini, ikki davlat o‘zaro eng ishonchli strategik hamkorlar ekanligini aytgandi.   

Endi Weibo’da Putin haqida mingdan ko‘proq folloverga ega bo‘lgan blogerlar tomondan bildirilgan istalgan eslatmaga kirishda ekranga "Bu post izohlar qoldirishga ijozat bermaydi" degan yozuv chiqadi. Biroq "Katta yigirmatalik"ning boshqa yetakchilari va Tramp haqida eslatmalarga kirishga yo‘l qo‘yiladi.   

Pekinlik jurnalist va tanqidchi Tsay Shenkunning aytishicha, Putin onlayn-tanqiddan bunday "imtiyozga" ega bo‘lgan birinchi xorijiy yetakchi bo‘ldi. "Odamlar Putin haqida hech qanday yomon gap aytisha olmaydi, chunki Pekin uchun nozik masalalar bo‘yicha onlayn munozara ochish mumkin emas", deb aytmoqda Shenkun.

Mavzuga oid