Jahon | 10:58 / 17.07.2017
8153
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘sul uchun janglarda IShIDning 25 mingdan ortiq jangarisi yo‘q qilingan

Foto: RIA "Novosti"

Iroqning Mo‘sul shahrini IShID terrorchilik guruhidan ozod etish bo‘yicha harbiy harakatlar olib borilgan to‘qqiz oy davomida 25 mingdan ortiq jangari yo‘q qilindi, ulardan 450 nafari – xudkushlar bo‘lgan.

Bunday ma'lumotlarni Naynava viloyatidagi harbiy amaliyotlarga qo‘mondonlik qiluvchi general Abdul-Amir Yarolla keltirgan.

Generalning xabar berishicha, o‘tgan vaqt davomida 1247 ta minalashtirilgan avtomobil zararsizlantirildi, 130 ta dron urib tushirildi, terrorchilarning 1500 dan ortiq zirhli texnikasi yo‘q qilindi.

Yaqin kunlarda butun Naynava viloyati hamda xususan – Tel-Afar tumanini ozod etish bo‘yicha yakuniy, to‘rtinchi bosqich boshlanadi, degan Yarolla.

O‘z navbatida, Suriyaning SANA axborot agentligining Iroq OAVga asosan ta'kidlashicha, Mo‘sulni ozod etishda 100 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirok etgan.

Mavzuga oid