Jamiyat | 14:59 / 19.07.2017
12722
1 daqiqa o‘qiladi
Chilonzorda fohishaxona saqlagan ayol ushlandi
2017 yilning 14 iyul kuni taxminan soat 20:30larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Feruza Karimova Chilonzor tumani, 3-mavze, 23-uydagi xonadonlardan birida fohishaxona saqlab, 20.000 so‘m pul evaziga fuqaro «B» va «I» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:10 / 13.09.2024
“Qurilish ishlarini to‘xtatish bo‘yicha ogohlantirish xati yuborildi” – Chilonzordagi holatga munosabat bildirildi
15:59 / 13.09.2024
Toshkentda “kotlovan” sabab yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi
11:09 / 22.08.2022
Jamoliddin Hojimanov Chilonzor tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi
07:36 / 11.08.2022