O‘zbekiston | 11:21 / 22.07.2017
14591
2 daqiqa o‘qiladi

“Yallama” chegara-bojxona postida maxsus-taktik o‘quv mashq o‘tkazildi

Foto: Fvv.uz

21 iyul kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumani hududida joylashgan “Yallama” chegara-bojxona postida “Respublika xududiga chetdan o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishi xavfini oldini olish va bartaraf etishda post xodimlari hamda FVDTning Toshkent viloyat quyi tizimi mutasaddi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. U O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan 2017 yil 20 iyun kuni tasdiqlangan “Respublika hududiga chetdan o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishi hamda respublika hududidagi mavjud tabiiy o‘choqlardan kelib chiqishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan bo‘lib o‘tdi.

FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, mashqni tashkil etish va o‘tkazishdan asosiy maqsad – chetdan o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan tadbirlarni bajarishga mas'ul bo‘lgan FVDT tegishli xizmatlarining rahbar organlari, kuch va vositalarida harakatlanish bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilish va uni mustahkamlash, xizmatlararo hamkorlikni yanada kuchaytirish va takomillashtirish deb belgilandi.

Mazkur tadbirga FVV, SSV, IIV, DBQ, MXX DChQQ va Davlat veterinariya qo‘mitasi mutaxassislaridan jami 224 kishi va 21 ta maxsus texnikalar jalb qilindi.

Maxsus-taktik o‘quv mashqi ishtirokchilari harakatlarini Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Jo‘rayev kuzatib bordi.

O‘tkazilgan tadbir jalb qilingan xizmatlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga shayligini oshirish bilan bir vaqtda, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid