Atambayev: Qamoqda o‘tirishi kerak bo‘lganlar prezident bo‘lmoqchi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat kelajagidan tashvish bildirdi. U hozirda bir qadar asabiylashayotgani, odamlar yana aldanib qolishi mumkinligidan xavotirda ekani, qirg‘iz xalqining kechirimli va unutuvchanligi yana pand berishi mumkinligi haqida gapirgan.
«Hozirda qamoqda o‘tirishi kerak bo‘lgan kishilar o‘zini piar qilib, prezident bo‘lmoqchi. Bu ham o‘tar. O‘zing uchun aniqlab olishing kerak, chunki, shunday sabablar borki, ba'zi siyosatchilarni kechirib bo‘lmaydi. Mamlakat va xalq taqdirini bir kunlik shuhrat va shov-shuvga almashtirib bo‘lmaydi», degan Atambayev.
U mamlakat toza qo‘llarda bo‘lishini va rivojlanishda davom etishini istashi haqida gapirgan.
«Saylov natijalari qanday bo‘lishidan qat'i nazar uni tan olish kerak. Asosiysi, biz ovozlar to‘g‘ri hisoblashini ta'minlashimiz kerak. Yana bir ish bor, kimdir ovozlarni sotib olishga harakat qilishi mumkin, unda nima qilamiz... Biz odamlarni oxirigacha uyg‘ota olmaymiz, javobgarlik ularning o‘zida. Men hokimiyatni tinch topshirishni kafolatlayman. Endi mamlakat boshqacha, tizim boshqacha. Agar kimdir vaziyatni izdan chiqarmoqchi bo‘lsa, kafolat beramanki, uning joyi ko‘rsatib qo‘yiladi», — deya so‘zlarini yakunlagan prezident.
Qirg‘iziston prezidentiligiga saylov jarayoni joriy yilning 15 oktabrida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi prezident Almazbek Atambayev saylovda ishtirok etmaydi, chunki mamlakat qonunchiligi olti yillik muddatga bir martadan ortiq saylanishga ruxsat bermaydi.
Komissiya ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtga qadar 30 kishi o‘z nomzodini olg‘a surgan. «Ulardan besh nafar siyosiy partiyalarning qurultoyida olg‘a surilgan bo‘lsa, qolganlari o‘z nomzodini o‘zlari olg‘a surgan», — deyiladi Markaziy saylov komissiyasida. Nomzodlar orasida amaldagi bosh vazir Sooronbay Jeenbekov, hukumatning sobiq rahbarlari Temir Sariyev va Omurbek Babanov, shuningdek, muxolifat parlament fraksiyasi yetakchisi Bakit Torobayevning ismlarini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024