Samarqandda mudhish jinoyat fosh etildi
Samarqand shahridagi “Darg‘om” kanali yonidan noma'lum erkak kishining boshida jarohatlari bilan jasadi topildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Surishtiruv ishlari natijasida jasadning shaxsi aniqlandi. Marxum Urgut tumanida yashagan K.B bo‘lib chiqdi. Unga tegishli “NEXIA” rusumli avtomashina esa Samarqand shahrining Amir Temur ko‘chasidan eshiklari qulflangan holda topilib, ko‘zdan kechirish jarayonida avtomashinaning ba'zi joylarida qon dog‘lari borligi aniqlandi.
Jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida marxum K.B. jazmani L.N.ning uyiga kelib, rashk oqibatida unga tan jarohati yetkazganligi, L.N. mahalla raisiga K.B.ni tartibga chaqirib qo‘yishni so‘raganligi va shu kuni tungi soat o‘nlarda mahalla raisi L.D.ning uyiga kelib, K.B.ni uxlab yotganligidan foydalanib, boshiga bolta bilan urib o‘ldirganligi ma'lum bo‘ldi. Shundan so‘ng L.N. va mahalla raisi jinoyatni yashirish uchun jasadni “Darg‘om” kanaliga olib borib tashlaydilar.
Holat yuzasidan mahalla raisi va L.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
19:23 / 25.09.2024
Samarqandda qarovsiz holda quritib yuborilgan bog‘lar masalasi prokuratura nazoratiga olindi
16:16 / 25.09.2024
Toshkentdan Buxorogacha tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l quriladi - prezident
19:33 / 24.09.2024