Shri-lankalik harbiylar fillarni qutqarish uchun 12 soatlik operatsiya o‘tkazishdi
Shri-Lanka Respublikasi harbiy-dengiz kuchlari okeanga olib ketilgan ikkita yosh filni qutqarish bo‘yicha operatsiya o‘tkazishdi. Qutqaruv operatsiyasi 12 soatdan ko‘proq davom etgan, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Ma'lum qilinishicha, fillar sohildan bir metr narilab ketganlarida aniqlanganlar. Taxminlarga ko‘ra, fillar Kokkilay lagunasini o‘tayotganlarida okeanga olib ketilganlar.
Operatsiya davomida harbiy g‘avvoslar fillarni arqonlar bilan o‘rab, so‘ngra ularni sohilga olib chiqib, qo‘yib yuborishgan. Ayni vaqtda fillar hayotiga hech narsa xavf solmayapti. Ta'kidlanishicha, joriy oyda bu ikkinchi shunday holatdir. 12 iyulda ham qutqaruvchilar okeanga olib ketilgan katta yoshli filni qutqarib qolishgan.
Mavzuga oid
15:54 / 19.09.2024
Tinch okeanidagi ulkan chiqindi dog‘i: uni tozalashga 7,5 mlrd dollar ketadi
14:45 / 16.09.2024
Yer yuzidagi eng yirik ommaviy qirilishga okean suvining qizishi sabab bo‘lgan – tadqiqot
20:55 / 14.09.2024
Zimbabve qurg‘oqchilik tufayli 200 ta filni o‘ldiradi
23:46 / 13.09.2024