Qozog‘istonda barcha mehmonlarga chopon berishga qaror qilindi
Qozog‘iston axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev internetda mashhur bo‘lib ketgan, aktyor Nikolas Keyj egnidagi kabi choponni vazirlikning barcha mehmonlariga sovg‘a qilishga va'da berdi. Bu haqda Sputnik Kazaxstan nashri xabar bermoqda.
"Bu, fikrimcha, xalqimizning genial, go‘zal udumidir, u aktyor yuz ifodasi tufayli memga aylandi", deb aytgan Abayev matbuot-anjumanda.
Chopon Markaziy Osiyoning bir qator davlatlarida milliy kiyim hisoblanadi.
Keyjning Ostonadagi "Yevraziya" kinofestivaliga tashrifi uni yangi mem qahramoniga aylantirdi. Internet foydalanuvchilari Keyj qayg‘uli qiyofada taniqli skripkachi va Qozog‘iston san'at milliy universiteti rektori Ayman Musaxojayeva bilan birgalikda tushgan surati ustidan hazil-mutoyiba qilganlar.
Mavzuga oid
15:30
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024