Jahon | 09:32 / 01.08.2017
14346
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda xalqaro armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda

Foto: RIA Novosti

Qozog‘iston janubida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro armiya o‘yinlarida dunyoning 18 mamlakatidan kelgan 400 dan ortiq harbiylar ishtirok etmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda. 

"18 mamlakatdan kelgan 400 harbiy xizmatchi xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etmoqda. U bugun Qozog‘istonning Jambul viloyatida boshlanadi", — deyiladi xabarda. 

ArMI-2017 ishtirokchilari musobaqa boshlanishi avvalida Qozog‘iston birinchi mudofaa vaziri Sagadat Nurmagambetov xotirasini yod etishdi. Tantanali marosimda Janubiy Amerika, Osiyo, Afrika va Yevropa mamlakatlari harbiylari ishtirok etishdi. 

ArMI-2017 1-9 avgust kunlari Olotov tog‘larida bo‘lib o‘tadi. Unda 18 mamlakat: O‘zbekiston, Ozarboyjon, Armaniston, Bangladesh, Belorussiya, Venesuela, Gretsiya, Zimbabve, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Tayland, Tojikiston va JAR harbiylari qatnashmoqda. 

Mavzuga oid