Iqtisodiyot | 12:51 / 02.08.2017
8057
1 daqiqa o‘qiladi

BRIKS davlatlari elektron tijorat sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi

Foto: AP

Xitoy Xalq Respublikasi tijorat vaziri Chjun Shanning ma'lum qilishicha, BRIKS davlatlari iqtisodiyot va tashqi savdo vazirlari elektron tijorat sohasidagi hamkorlikni kuchaytirib borishga kelishib oldilar. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Vazirlar elektron tijorat sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar, bu o‘zaro savdo darajasining o‘sishi, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, rivojlanayotgan davlatlar kichik hamda o‘rta biznesining global tizimga integratsiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi», - dedi Shan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, barcha vazirlar BRIKSning ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirish uchun ishchi guruhini tashkil etishga kelishib olishgan.

Mavzuga oid