Jahon | 09:43 / 02.08.2017
6298
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Afg‘oniston g‘arbidagi masjidga hujum oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot shahridaagi shialar masjidiga jangarilarning hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 29 kishiga yetdi. 64 kishi jarohatlangan. Bu haqda afg‘on OAVlariga asoslangan holda TASS xabar qilmoqda.
1TV telekanali xabar qilishicha, ibodat uchun yuzlab kishilar to‘plangan vaqtda ikki terrorchi masjidga hujum qilgan. Dastlab jangarilar qo‘riqchilarni nishonga olishgan, so‘ngra masjid ichkarisiga kirib, odamlarni o‘qqa tuta boshlagan. Ular bi nechta granatani odamlar to‘dasiga irg‘itgach, o‘zlarini portlatib yuborgan.
Hozircha, Afg‘onistondagi birorta guruh ushbu xuruj uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
16:56 / 10.09.2024
“Tolibon” davlatchilikni qanchalik uddalayapti?
12:46 / 10.09.2024