Britaniyalik xonanda Tramp obrazini yaratgani tufayli AQShdan deportatsiya qilindi
Peter & The Tube Babies musiqiy guruhi a'zosi bo‘lgan Piter Buvatersning ma'lum qilishicha, u AQSh chegara nazorati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan hamda mamlakatdan deportatsiya qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga uning Germaniyada o‘tgan yilgi turneda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning obrazida chiqish qilgani sababdir. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.
Uning aytishicha, AQShga o‘z guruhi bilan Punk Invasion festivalida ishtirok etish uchun kelganida, chegara xizmati xodimi tomonidan to‘xtatilgan. Artist olti soatlik so‘roqdan so‘ng Londonga parvoz qiluvchi samolyotga kuzatib qo‘yilgan.
«Menga ekranda o‘tgan yilgi Germaniya turnesidagi videoni ko‘rsatishdi. Unda men Donald Tramp kabi kiyinib olgandim», - dedi Buvaters.
So‘roq jarayonidan so‘ng uning telefoni, pasporti olib qo‘yilgan va DNK namunasi olingan. Samolyot Buyuk Britaniyada qo‘ngach unga mobil telefoni hamda pasportini qaytarib berishdi.
Avvalroq AQSh grin-karta lotereyalaridan voz kechishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024