Britaniyalik ota-onalar farzandining suratini ijtimoiy tarmoqda chop etishni xohlashmaydi
Buyuk Britaniyadagi ota-onalar farzandining surati va unga tegishli lavhalarni internetga joylash borasida ikki xil qarashga ega ekani aniqlandi. O‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, respondentlarning 56 foizi farzandining surat yoki lavhalarini ijtimoiy tarmoqda chop etmasligini aytgan. Shu fikrni bildirgan ota-onalarning 87 foizi bunday xulosaga bir omilga ko‘ra kelgan: ular farzandining hayoti shaxsiy qolishi kerak, deb hisoblaydi.
Shunga qaramay, respondentlarning 42 foizi bir oyda bir marta bo‘lsa ham farzandining suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishini bildirgan. Ayni paytda, ijtimoiy media saytlarning rivojlanib borishi bilan «ulashish» trendi ham ommaviylashib bormoqda. Jumladan, Bekhemlar oilasi kabi sportchi va artistlar shular sirasidandir. Ofcom tayyorlagan hisobotda yozilishicha, bunday ota-onalarning 52 foizi ayni harakatlaridan farzandlari ham mamnun ekanini aytgan.
Shuningdek, ota-onalar orasida eng mashhur ijtimoiy tarmoqlar ham o‘rganilib chiqilgan bo‘lib, ularning 72 foizi Facebook'dan foydalanadi. Eng tez rivojlanayotgan platformalar sifatida Whatsapp, Instagram va Snapchat keltirilgan.
Mavzuga oid
14:25 / 28.05.2022
Senat O‘zbekistonda milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratilmaganini tanqid qildi
17:15 / 17.03.2022
Shermatov TikTok bilan muzokara o‘tkazishi fonida bir nechta tarmoq vaqtincha VPN'siz ishladi
08:33 / 13.02.2022
«Josus» ijtimoiy tarmoqlar va eng kuchli smartfonlar reytingi – hafta texnologik dayjesti
19:34 / 09.02.2022