Hasan Ruhoniy Eron prezidenti sifatida qasamyod keltirdi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy inauguratsiya marosimi doirasida qasamyod keltirdi. U ikkinchi prezidentlik muddatiga saylangandi, deb xabar bermoqda Press TV.
Inauguratsiya marosimi Tehrondagi mamlakat parlamenti binosida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 100 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchilik qildi.
Ruhoniy qasamyod keltirganidan so‘ng nutq so‘zlab, unda xorijiy mehmonlarga minnatdorlik bildirdi va uning hukumati mamlakat manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Avvalroq OAV Eron prezidenti bosim tufayli ayol siyosatchini vazir etib tayinlashdan voz kechishi mumkinligi haqida yozgandi.
Mavzuga oid
20:12 / 28.09.2024
Eron oliy rahnamosi «Hizbulloh» rahbari o‘ldirilganidan keyin xavfsiz joyga ko‘chirildi
09:19 / 28.09.2024
Netanyahu BMTda Eronga Isroilning «qo‘li uzunligi» bilan tahdid qildi
12:10 / 26.09.2024
Tramp Eron tomonidan o‘ldirish tahdidlari haqida ogohlantirildi
21:24 / 25.09.2024