Jahon | 16:45 / 09.08.2017
16092
2 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi barcha din vakillariga murojaat qildi

Rima papasi Frantsisk turli din vakillarini "urush va terrorizmdan charchagan dunyoning barcha burchaklarida mutanosiblikni tiklash, tinchlik yo‘lida duo qilish va hamkorlik qilish"ga chaqirdi. Pontifik Tenday yapon budda maktabining oliy ruhoniysi Koe Morikavega shunday murojaat bilan chiqdi. Hujjat Yaponiyaning Kioto shahridagi Xiogo tog‘idagi muqaddas dargohda bo‘lib o‘tayotgan XXX Dinlararo ibodat uchrashuviga bag‘ishlab tayyorlangan.

Frantsisk uchrashuvning barcha ishtirokchilariga ular bilan ma'naviy jihatdan yaqinligi hamda ularning tinchlik so‘rab qilgan duolariga qo‘shilishini ta'kidladi. "Bu diniy sammit muloqot va do‘stlik muhitining yaratilishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi", deb yozadi pontifik. 

Rim papasi aynan duo insonlarning tinchlikka bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashi va ularni ilhomlantirishini qayd etgan; "u insonlar o‘rtasidagi mehr-muhabbatni mustahkamlashga yordam beradi va bizni adolatli munosabatlar hamda birdamlikka yo‘naltirilgan xatti-harakatlarga ilhomlantiradi".

"Ishonamizki, dunyoda mustahkam tinchlik o‘rnatilishi mumkin, zero duolarimiz bilan yaratganga murojaat qilsak, ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q", - deb yozadi papa Frantsisk. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Xiogo tog‘idagi tinchlik yo‘lidagi ilk dinalararo ibodat uchrashuvi 1987 yilning avgustida o‘tkazilgan. 

Mavzuga oid