Jahon | 00:51 / 13.08.2017
10941
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Sharlotsvill shahrida to‘qnashuvlar sababli favqulodda vaziyat tartibi kiritildi

AQShning Sharlotsvill shahrida (Virginiya shtati) favqulodda vaziyat tartibi kiritildi. Bunga esa shaharda ekstremistik g‘oyalar tarafdorlari va ularga qarshi chiqayotganlar o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar sabab bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, to‘qnashuvlar millatchilar shahar rahbariyatining “Ozodlik bog‘i”dan Fuqarolik urushi vaqtida konfederatlar armiyasi generali bo‘lgan Robert Li haykalini olib tashlash rejasiga qarshi chiqayotgan vaqtda boshlangan. Ma'lumotlarga ko‘ra, shaharga 2 mingdan 6 minggacha irqchilar va neonatsistlar, jumladan “Ku-kluks-klan” natsist tashkilotining a'zolari kelgan. 

Namoyishni tarqatish uchun Milliy gvardiya va mahalliy politsiya otryadlari jalb qilingan. Ma'lum qilinishicha, hukumat vakillariga bo‘ysunmaganlar hibsga olinganlar.

Vaziyatga AQSh prezidenti Donald Tramp izoh bergan. “Biz barchamiz birlashib, ortida adovat turgan barcha narsani qoralashimiz kerak. Bunday zo‘ravonlikka Amerikada joy yo‘q. Keling, birlashamiz», deb yozgan Tramp tvitterda.

Mavzuga oid