Iqtisodiyot | 12:14 / 15.08.2017
7637
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng yirik fond birjalaridan biri savdo zalini yopib qo‘ymoqchi

Hongkong fond birjasi oktabr oyi oxirida o‘zining savdo zalini yopish niyatida. Bunga sabab – ushbu maydonchadagi deyarli barcha amaliyotlar elektron rejimda olib borilmoqda, deb xabar beradi South China Morning Post.

«Bu joy keyinchalik ko‘rgazmalar, anjumanlar va sarmoyadorlarning ta'lim faoliyatiga doir turli tadbirlarini o‘tkazish yeriga aylantiriladi», - deya ma'lum qilgan birja vakili.

Birjaning savdo zali 1985 yilda ochilgan bo‘lib, bu yerda bir vaqtning o‘zida 900 ga yaqin brokerlar muzokaralar olib borgan. Biroq, bugungi kunda bu yerda har kuni 30 dan kamroq alohida treyderlargina paydo bo‘lmoqda, savdolarning asosiy qismi esa elektron rejimda olib borilyapti.

Gazetaning ta'kidlashicha, aynan shu sababdan Tokio va Singapurdagi fond birjalari ham o‘z amaliyot zallarini yopishdi.

Hongkong maydonchasi dunyoda kattaligi bo‘yicha oltinchi o‘rinda turadi hamda bu yerda 2 mingdan ortiq kompaniyalarning aksiyalari bilan savdo qilinadi, ularning bozordagi umumiy qiymati 3,7 trln dollardan ortiqni tashkil etadi. 

Mavzuga oid