O‘zbekiston | 23:15 / 17.08.2017
47610
2 daqiqa o‘qiladi

Xayrulla Nuriddinov MTRK raisi o‘rinbosarligidan ketdi

Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari Xayrulla Nuriddinov ishdan olingan. Bu haqda «Kun.uz» manbasi ma'lumot berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, u endi  «O‘zbekiston» telekanaliga direktor etib tayinlangan.

Muqaddam O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Yoshlar» teleradiokanalida direktor bo‘lgan Nuriddinov shu yilning fevralida MTRK raisiga o‘rinbosar bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida MTRK rahbariyatida o‘zgarish ro‘y bergan, Xurshid Mirzohidov raislikdan ketib, uning o‘rniga Bobur Botirovich Alixonov tayinlangandi.

Xayrulla Nuriddinov 1974 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

1999 yilda «Jasorat» medali, 2005 yilda esa «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

2006—2017 yillar davomida O‘zbekiston MTRKning «Yoshlar» teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori bo‘lib ishlagan.

Mavzuga oid