Hindistonda 70 ming dollarlik brilliantlarni egasiga qaytargan o‘smir munosib taqdirlandi
Hindistonda 15 yoshli o‘smir Vishal Upadxayya qiymati 4,5 mln rupiyni (70 ming dollar) tashkil qiluvchi brilliantlar solingan qopchani topib oldi va uni ichidagilari bilan egasiga qaytarib berdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Voqea Surat shahrida yuz bergan. Vishal otasi bilan birga Surat olmos uyushmasiga murojaat qilib, qopcha egasini topa olgan. Qopcha egasi broker bo‘lib chiqqan va qopchani ombordan chiqayotganda tushirib qo‘ygan.
Uyushma o‘smirga halolligi uchun minnatdorlik bildirgan va tantanala marosim uyushtirib, unda Vishalning o‘qishini bir yil davomida moliyalashtirmoqchiligini ma'lum qilgan.
“Olmos uyushmasi Vishalning halolligi uchun mukofot sifatida uning o‘qishini bir yil davomida moliyalashtirishni o‘z zimmasiga oladi. Vishalning kelajagi uning o‘ziga bog‘liqdir, biroq o‘ylashimcha, bu aqli raso bola bu imkoniyatdan 100 foizga foydalana oladi”, deb aytgan uyushma prezidenti Dinesh Navadiya.
Mavzuga oid
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024