Model qizni kaltaklashda ayblangan Mugabening rafiqasi Zimbabvega qaytdi
Zimbabve prezidenti Robert Mugabening rafiqasi Greys JARdan model qizni kaltaklash bilan bog‘liq mojarodan so‘ng mamlakatga qaytib keldi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Tergov taxminiga ko‘ra, 13 avgust kuni Yoxannesburgdagi mehmonxonada bo‘lgan Greys Mugabe 20 yoshli model qiz Gabriella Engelsni simni uzaytirgich bilan kaltaklagan.
Jabrlanganning boshida va butun tanasi bo‘ylab jarohatlar qayd qilingan. Greys qizni kaltaklash ayblovi bo‘yicha sud oldida javob berishi taxmin qilingandi.
Ta'kidlanishicha, uni aeroportda hukumat a'zolari va harbiylar kutib olgan. U JARning Pretoriya shahrida Janubiy Afrika yetakchilari sammitida qatnashgan turmush o‘rtog‘i Robert Mugabe bilan birga qaytib kelgan.
Mavzuga oid
20:55 / 14.09.2024
Zimbabve qurg‘oqchilik tufayli 200 ta filni o‘ldiradi
14:40 / 05.08.2024
JARda 90 nafar efiopiyalik migrant odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan ozod qilindi
11:48 / 15.06.2024
Siril Ramaposa JAR prezidenti etib qayta saylandi
21:03 / 01.06.2024