Oq koala ijtimoiy tarmoqlarda sensatsiyaga aylandi
Noyob oq rangdagi koala ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy sensatsiyaga aylandi, deb yozmoqda Telegraph.
U Avstraliyaning Kvinslendidagi hayvonot bog‘ida tug‘ilgan birinchi oq koalaga hamda bu mavsumda dunyoga kelgan hisob bo‘yicha 12-koalaga aylandi.
Hayvonning oq rangi albinizm bilan bog‘liq emas, biroq, aftidan, onasidan meros bo‘lib o‘tgan retsessiv gen tufaylidir.
Hayvonot bog‘i ma'muriyati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga mitti koala uchun nom o‘ylab topishni taklif qildi. Hozir variantlar orasida Elza, Kukongola, Balakrishna, Deyneris bor.
Koala haqidagi rolikni 595 ming marotaba ko‘rishdi, u haqidagi post esa hayvonot bog‘ining feysbukdagi sahifasida 42 ming layklarni yig‘di.
Mavzuga oid
23:17 / 10.09.2024
Avstraliyada o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
21:09 / 02.09.2024
Avstraliyadagi bog‘da yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga hujum qildi
18:42 / 27.08.2024
Avstraliya xalqaro talabalarni qabul qilishga cheklov kiritadi
19:59 / 26.08.2024