Rasman: Samsung Galaxy Note8 namoyish qilindi (suratlar)
Samsung kompaniyasi yangi S Pen va katta hoshiyasiz displeyli Galaxy Note8 smartfonini rasman namoyish qildi. Bu haqida Hi-Tech xabar berdi.
Smartfon dizayni Galaxy S8 asosiy flagmanlar qatoriga xos bo‘lib, uning o‘ziga xosligi - "poyonsiz"dek ko‘rinadigan hoshiyasiz displey va yuqori hamda pastki ekranlardagi kichik ramkalarida. Korpus metall asosga ega bo‘lib, moslashuvchan shisha bilan to‘ldirilgan.
Ramkalar kichikligi sabab barmoq izlari skanerini orqa panelga, kameraning yoniga ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan. Muqobil sifatida esa Iris-skanerlari o‘rnatilgan.
Smartfon korpusi IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan. Chang, mayda zarrachalar va suv qurilmaga xavf tug‘dirmaydi (u 1,5 metr chuqurlikdagi suvda yarim soatga chidamli).
Galaxy Note8 o‘z qatoridagi eng katta displeyga ega bo‘ldi - 6,3 dyuym. U Super AMOLED texnologiyasi bo‘yicha ishlangan bo‘lib, 2960x1440 pikselga ega. Yana bir funksiya qoldi: Always On Display — bloklangan smartfonda soat va xabarlarning aks etishi.
Katta displeyda S Pen perosi bilan ishlash qulay - bu Note qatorning asosiy "fishkasi". Pero avvalgi smartfonlarga qaraganda ingichkaroq uch va ko‘proq bosim darajasiga ega bo‘lgan. S Pen yordamida xabarlar yozish, rasm chizish, smartfonni boshqarish va boshqa ko‘plab ishlarni tezda amalga oshirish mumkin.
Galaxy Note8 qurilmasi Samsung qatorida ilk marta asosiy kameraning ikki moduli bilan ta'minlandi. Birinchi kamera f/1.7 diafragmali va Dual Pixel texnologiyali keng formatli obektivga ega bo‘ldi. Ikkinchi kamera tasvirni ikki karra optik kattalashtirish uchun uzun fokusli obektiv bilan ta'minlandi. Ikkisi ham 12 megapikselli sensorlar va optik stabilizatsiyaga ega.
Ta'kidlash joizki, bu qurilmadagi «Ikki karra s'yemka» rejimida bir vaqtning o‘zida ikkita kameradan ikki surat olish mumkin.
Manbada ta'kidlanishicha, Galaxy Note8 sotuvlari sentabr oyi o‘rtalariga mo‘ljallangan. Korpusning uch xil rangdagi varianti taqdim etilgan: «qora olmos», «moviy sapfir» va «sariq topaz».
Galaxy Note8 narxi - 1185 dollar (69 990 rubl) atrofida.
Samsung Galaxy Note8'ning xususiyatlari:
⦁ Displey: 6,3 dyuym, QuadHD+ (2960x1440), Super AMOLED;
⦁ Chip: Exynos 8895 — 2,3 GGts chastotada 4 yadro + 1,7 GGts chastotada 4 yadro;
⦁ Asosiy kamera: keng formatli 12 Mp, f/1.7 + asosiy 12 Mp, f/2.4;
⦁ Frontal kamera: 8 MP, diafragma f/1.7, avtofokus;
⦁ Xotira: 6 Gb operativ va 64 Gb doimiy, microSD kartasini qo‘llab-quvvatlaydi;
⦁ Akkumulyator: 3300 mAs;
⦁ O‘lchamlari: 162,2x74,8x8,5 mm;
⦁ Og‘irligi: 190 g.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024