Jahon | 07:45 / 27.08.2017
7733
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda “Xarvi” to‘fonidan ko‘rilgan zarar 40 mlrd dollarga baholanmoqda

Foto: AFP 2017 / Mark Ralston

AQShning janubi-sharqiy qismiga yopirilgan “Xarvi” to‘fonining oqibatlarini bartaraf etish Texas shtatiga 40 mlrd dollarga aylanishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shtatning 8 mln lik aholisi “eng yomoni hali oldinda ekanligidan” ogohlantirilgan. Hozirning o‘zida yuz minglab texasliklar ofat oqibatida vayron bo‘lgan Meksika bo‘g‘ozi sohillaridagi “uylari va korxonalarni qismlab tiklamoqdalar”. 

“Davlat oqibatlarini bartaraf etishga 40 mlrd dollar ketishi mumkin bo‘lgan to‘fonga duch keldi”, deb aytilgan nashrda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Texasga yopirilgan to‘fon oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 kishiga yetgan. Ta'kidlanishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin, chunki qutqaruvchilar va ko‘ngillilar vayron bo‘lgan uylarni tekshirish ishlarini davom ettirmoqdalar. 

Mavzuga oid