Jahon | 15:50 / 27.08.2017
7283
1 daqiqa o‘qiladi

Bag‘dodda portlashlar ro‘y berdi

Foto: © RIA Novosti

Iroq poytaxti Bag‘dod shahri janubida ikkita minalashtirilgan avtomobillar portlatilishi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Sumaria telekanalida xabar tarqatilgan.

Birinchi portlash shahar janubidagi Ash-Shurta Ar-Rabia tumanida ro‘y bergan. Bu portlash 3 ayol o‘limiga sabab bo‘lgan, yana 5 kishi jarohatlangan.

Ko‘p vaqt o‘tmasdan yana bir avtomobil shahar janubidagi Abu Dashir yo‘lida portlatilgan. Bu portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi jabrlangan.

Bu portlashlar uchun hozircha hech bir tashkilot javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Mavzuga oid