Jahon | 01:22 / 27.08.2017
12659
1 daqiqa o‘qiladi
Lukashenko kartoshka hosilini yig‘ishga yordam berdi (video)
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 26 avgustda kenja o‘g‘li Nikolay bilan o‘z dala maydonida yetishtirilgan kartoshkani yig‘ishda ishtirok etdi. Bu haqda “BelTA” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Bugun prezidentning tig‘iz ish jadvalida nisbatan bo‘shroq kun chiqib qoldi va u o‘z dala maydonida ishladi. Hosil yig‘di”, deb aytilgan Lukashenko matbuot xizmatida.
Ma'lum qilinishicha, 3 gektar maydondagi hosil yig‘ib olingan. Hosilning umumiy vazni 105 tonnani tashkil qilgan. Ma'lum qilinishicha, hosilning bir qismi bolalar ijtimoiy muassasalari va keksa odamlarga beriladi.
Mavzuga oid
20:37 / 24.09.2024
Lukashenko: «Urushga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak»
22:33 / 16.09.2024
Lukashenko yana 37 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
00:12 / 13.09.2024
Lukashenko Qorabog‘ atrofidagi voqealarda Armaniston rahbariyatini aybladi
15:37 / 04.09.2024