Seulda sobiq prezidentni qo‘llab-quvvatlovchi marsh o‘tkazildi
Seulda Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti, korrupsiyada ayblanib o‘z lavozimidan chetlatilgan Pak Kin Xeni qo‘llab-quvvatlovchi marsh o‘tkazildi. Ushbu marshda uning minglab tarafdorlari ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar o‘zlari bilan Pak Kin Xeni ozod qilish talab qilingan plakatlar va mamlakat bayroqlarini olib o‘tganlar. Ular shuningdek may oyida prezident etib saylangan Mun Chjye Inni iste'foga jo‘natishni talab qilishgan.
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, aksiyada 8 mingga yaqin odam ishtirok etgan.
Pak Kin Xe korrupsiyada ayblanib, joriy yilning mart oyida hibsga olingandi. Tergov ishlari hanuzgacha davom etmoqda. Ushbu ish bo‘yicha hukm oktabrda chiqariladi.
Mavzuga oid
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:06 / 04.09.2024
Telegram Janubiy Koreya rasmiylari talabini bajardi va uzr so‘radi
15:18 / 02.09.2024
Janubiy Koreya Telegram’ga nisbatan tergov boshladi
00:03 / 30.08.2024